Markaziy bank xabariga köra, AVO bank uçun bir qator operatsiyalarni amalga oşiriş taqiqlandi.
2023 yil 1 sentabrdan e’tiboran bank ustav kapitalining eng kam miqdori 200 mlrd söm bölişi kerakligi belgilangan.
MBga köra, bugungi kun holatiga AVO bank AJ ustav kapitali 105 mlrd sömni taşkil etgan holda bank ustav kapitali miqdori qonunçilik talablariga muvofiqlaştirilmagan.
“Banklar va bank faoliyati töğrisidagi qonunçilikka muvofiq, bank nazorati qömitasi qaroriga asosan bankka nisbatan kreditlaş va boşqa xarajatlarni moliyalaştiriş hamda depozit operatsiyalarini amalga oşiriş taqiqlandi”, - deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq, 5 ta bank ustav kapitalini belgilangan miqdorga yetkazmagani xabar qilingandi. Qonunçilik talabiga muvofiq, bank ustav kapitali miqdori bank ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan belgilangan talabga muvofiq emasligi qöpol qoidabuzarlik hisoblanadi va Markaziy bank bunday holda bank litsenziyasini çaqirib olişga haqli.
Iyun oyida regulyator ustav kapitaliga oid talabni 8 ta bank bajarmagani va ularning litsenziyasi çaqirib olinişi mumkinligini xabar qildi. Ammo bu banklarning nomlari oçiqlanmagan edi.
“Özgaroeksportbank”ning 100 foiz davlat aksiyalar paketini 5 mln dollarga Support Level xorijiy korxonasi sotib olib, bank ustav kapitalini qöşimça 29 mlrd sömdan kam bölmagan qiymatga oşiriş majburiyatini olgandi. Bank xususiylaştirilgaç, uning nomi AVO bank etib özgartirilgan.
Support Level MÇJning 100 foiz uluşi Olimjon Qosimoviç Şodiyevga tegişli. Korxona 2015 yil 27 avgustda Toşkent şahrida röyxatdan ötgan. Asosiy faoliyat turi – xodimlar bilan işlaş.
Olimjon Şodiyev – Navoiy kon-metallurgiya kombinati kuzatuv kengaşining mustaqil a’zosi, kengaş raisi Jamşid Qöçqorovning örinbosari hisoblanadi

















