Sog‘lom ovqatlanish shakar, to‘yintirilgan yog‘lar, fast fud, shirinlik va chips hamda gazli ichimliklar kabi yegulik chiqindilaridan voz kechishni nazarda tutadi. Biroq bu odamlarga vafli bilan nonushta qilish, konfet bilan choy ichish, ovga borganda hot-dog sotib olish va o‘zlari qo‘llab kelayotgan parhezni sog‘lom deb hisoblashga xalaqit qilmaydi. Ma'lum bo‘lishicha, bu yaxshi yondashuv emas.

2020 yilda Avstraliya va AQSh universitetlari olimlari guruhi ana shunday parhez ishtahani nazorat qilishga putur yetkazib, xotiraga salbiy ta'sir ko‘rsatishini aniqladi.

Parhezning miyaga ta'siri qanday tekshirildi?

Foto: Daniel Reche / Pexels

Olimlar 110 nafar ortiqcha vaznsiz, sog‘lom kishilarni tanlab olib, ularni ikki guruhga ajratishdi. Birinchi guruhdagilar uchun odatiy ovqatlanishga o‘zgartirish kiritilmadi. Boshqa guruhdagilarga esa kunda bir mahal 806–985 kkalli shirin va yog‘li mahsulotlar, masalan, sendvich va sutli kokteyl yoki Belgiya vaflisi berildi.

Tajribadan oldin va keyin barcha ishtirokchilar Hopkins testidan o‘tkazildi. U yordamida olimlar verbal xotirani tekshirishdi. Bundan tashqari, talabalarning ishtahani nazorat qilish qobiliyati tekshirildi. Ularga bir necha mazali mahsulotlar taklif qilinib, taom qanchalik yoqishi va uni tatib ko‘rish istagi qanchalik kuchli ekanini so‘rashdi.

Dastlab bu test och qoringa o‘tkazildi. Tajribaga qadar qorin to‘qligi har ikki guruhda ham mahsulotlarni yaxshi ko‘rishni ham, ularni iste'mol qilish istagini ham kamaytirgan. Biroq keyin natija o‘zgardi.

Zararli yeguliklar iste'mol qilish ishtirokchilarni qanday o‘zgartirdi?

Test natijalariga ko‘ra, olimlar shunday xulosaga kelishdi: bor-yo‘g‘i bir hafta davomida ratsionga shirin va yog‘li mahsulotlar kiritilishi ishtahani nazorat qilish qobiliyatini kuchsizlantirdi.

Tajriba boshlanguniga qadar ishtirokchilar och vaqtida taklif etilgan shirinliklarni iste'mol qilgilari kelgan. Nonushtadan keyin esa taomlar jozibadorligi kamaygan, biroq ularni tatib ko‘rish istagi u qadar kamaymagan.

Bundan tashqari, bunday parhezdan keyin talabalarda aqliy qobiliyatlar ham yomonlashgan. Ishtahani boshqarish qobiliyati qancha yomonlashsa, shuncha kam narsa eslab qolishgan.

Ana shu ma'lumotlarga tayangan holda olimlar bunday parhez gippokamp – miyaning ishtaha va xotira uchun mas'ul bo‘lgan tarkibiga ta'sir ko‘rsatgan degan xulosaga kelishdi.