Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qariyb yarim kilo marixuanani 600 dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida qariyb yarim kilo marixuanani 600 dollarga sotayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Yakkabog‘ tumani IIBga 2021 yil 29 noyabr kuni tushgan xabarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati IIB Tog‘li va chegara hududlarida tezkor bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi hamda tezkor xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Qamashi tumani “Qiziltepa” MFYda yashovchi M.I ikki dona polietilen paketlarga joylashtirilgan jami 425 gramm marixuana giyohvandlik vositasini 600 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lib Qamashi tumanidan olib kelayotgan vaqtda Yakkabog‘da ushlangan.
Giyohvandlik vositalari M.I. dan xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan M.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:26 / 25.06.2026
5 kilogrammdan ortiq gashish, marixuana va minglab dori vositalari aniqlandi
11:45 / 18.05.2026
“Boshim og‘riganda choy qilib ichib turardim” – Qashqadaryoda IIB xodimi uyidan marixuana topildi
09:02 / 26.01.2026
Andijonda yirik miqdorda giyohvandlik vositasi saqlagan shaxs ushlandi
12:37 / 19.12.2025