Qoraqalpoğistonda qölbola “Qaratau” sotayotgan şaxs qölga olingan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum bölişiça, departamentning Qoraözak tuman bölimi tomonidan IIB xodimlari bilan tezkor tadbir ötkazilgan. Unda fuqaro I.Q. fuqaro G.ga qalbaki aksiz markalar bilan yelimlangan 95 dona “Qaratau” nomli alkogol mahsulotini 2,9 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Ayni paytda tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Nukusda qölbola usulda aroq tayyorlab sotayotgan ayol qölga tuşdi















