1 dekabrdan suv korxonalari nazoratchilari tomonidan pul undirish ishlari 35ta tuman va shaharda to‘xtatiladi
2021 yil 20 may kunidan boshlab pilot loyiha tariqasida Toshkent viloyatining Qibray va Toshkent shahrining Olmazor hamda Shayxontohur tumanlarida suv ta'minoti korxonalarining nazoratchilari tomonidan xizmatlar uchun aholidan pul undirish ishlari to‘xtatilgan edi.
«O‘zsuvta'minot» AJ xabariga ko‘ra, ushbu hududlarga biriktirilgan nazoratchilar faqat belgilangan tartibdagi kuzatuv va xatlov ishlari bilan shug‘ullanib, ular tasarrufidagi to‘lov terminallari va termoprinterlar boshqa hududlarga biriktirildi.
Yetkazilgan ichimlik suvi va ko‘rsatilgan oqova suv xizmatlaridan kelgan tushumlar miqdori joriy yil yanvar-oktyabr oylarida 1,3 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 519 mlrd so‘m yoki 71 foizga oshdi. Ushbu tendensiyadan kelib chiqib, joriy yil avgust-noyabr oylarida respublikamizning 32 ta tuman va shaharlarida ham ushbu loyiha amalda tatbiq etilgan edi.
Joriy yil 1 dekabrdan boshlab esa bunday tartib respublikamizning yana 35 ta tuman va shaharlarida, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Mo‘ynoq tumanlarida, Andijon viloyatining Asaka tumani va Xonobod shahrida, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida, Jizzax viloyatining Zafarobod, Forish va G‘allaorol tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining Qarshi va Dehqonobod tumanlarida, Namangan viloyatining Pop va To‘raqo‘rg‘on tumanlarida, Samarqand viloyatining Narpay tumanida, Surxondaryo viloyatining Sherobod va Bandixon tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari, Toshkent shahrining Bektemir va Yangihayot tumanlarida, Farg‘ona viloyatining barcha tuman va shaharlari, Xorazm viloyatining Shovot va Tuproqqal'a tumanlarida joriy etiladi.
Ushbu hududlarda iste'mol qilingan ichimlik suvi va foydalanilgan oqova suv xizmatlari uchun suv ta'minoti korxonalari nazoratchilari to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lov talab qilishi holatlari yuz bersa, «O‘zsuvta'minot» Komplayens-nazorat bo‘limining +998555031055 telefon raqamiga yoki stopcorruption@umail.uz elektron pochtasi orqali murojaat qilish mumkinligi aytilgan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Isroilga uchirayotgan raketalar sonini nega kamaytirgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:37
-
Chakana savdoda chegirma berish va aksiya o‘tkazish qoidalari belgilanishi mumkin
Iqtisodiyot | 18:27
-
Trampning maxsus vakili Kellog Minskda Lukashenko bilan uchrashdi
Jahon | 18:13
-
O‘rtachirchiqda hojatxonaga tushib ketgan bolani qutqargan yigit taqdirlandi
Jamiyat | 17:57
Mavzuga oid

11:14 / 16.06.2025
Yo‘l, suv, elektr bo‘yicha 3-5 yillab cho‘zilayotgan loyihalar borligi ma’lum qilindi

13:50 / 12.06.2025
Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida video yuborganlar rag‘batlantiriladi

11:51 / 29.05.2025
“Hali suv neftdan qimmat bo‘ladi” – tahlilchilar Markaziy Osiyo kelajagini prognoz qilmoqda

20:43 / 11.05.2025