Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Qrim “amalda va yuridik jihatdan Rossiyaga tegişli” ekanini aytdi.

Uning sözlariga köra, Qrim 2014 yilgi referendumgaça “de-fakto Rossiyaniki” bölgan. 

“Qrim de-fakto Rossiyaniki ekanini hammamiz bilardik. Referendumdan keyin de-yure ham Rossiyaniki böldi”, — dedi Lukaşenko.

U şuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yarimorolga birga boriş töğrisida kelişib olganini aytdi.

Lukaşenko avgust oyida “Belarus 1” telekanaliga bergan intervyusida “Qaçonki Rossiyadagi eng oxirgi oligarx Qrimni tan olsa va u yerga öz mahsulotini yetkazib berişni boşlasa, men ham tan olaman”, — degandi.

Avvalroq Bolgariya prezidenti Rumen Radev Qrim hozirda Rossiyaga tegişli ekanini aytgandi.

2014 yil martida Qrimda referendum ötkazilib, uning natijalariga köra yarimorol Rossiyaning hududiy qismiga, Sevastopol esa federal ahamiyatdagi şahriga aylangan. Bu referendum natijalarini Ukraina va xalqaro jamoatçilik tan olmaydi.