“Lalibela tarixiy shahri ozod qilindi va Tigray ozodlik xalq fronti bosqinidan tozalandi”, deb aytilgan xabarda.

Bundan tashqari, armiya shahar aeroporti ustidan nazorat ham o‘rnatgan.

Lalibela efiopiyalik xristianlarning muhim diniy markazi bo‘lib,  u YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan ikkita yirik cherkovlar majmuasi bilan mashhur. Cherkovlardan eng mashhuri Avliyo Georgiy cherkovi XII asr oxiri XIII asr boshida qurilgan.

Efiopiyada 2020 yil noyabrdan beri Tigray ozodlik xalq fronti va hukumat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bormoqda. Front hukumatdan Tigray regioni ishlariga aralashmaslikni talab qilmoqda.