Davlat rahbari iştirokida aholini arzon va sifatli uy-joy bilan ta'minlaş masalasida videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda.

«Inson qadri deganda aholini uy-joy bilan ta'minlaş juda muhim. Aholini arzon va sifatli uy-joy bilan ta'minlaş uçun qöşimça pullar beramiz, imtiyozlar yaratamiz. Odamlarga uy-joy qilsak bizdan rozi böladi, inson qadri şu aslida.

Ötgan kuni aholini uy-joy va yaşaş manziliga yaqin joylarda iş joylari bilan ta'minlaş böyiça, «Yangi Özbekiston massivlari»ni barpo etiş dasturi loyihasini muhokama qilib oldik. Dastur loyihasi qayta körib çiqilib, eng oğir tumanlar tanlandi. Massivlar soni ham 29tagaça köpaytirildi.

Xabaringiz bor, bundan ikki yil oldin ipoteka tizimi tubdan isloh qilindi. Birinçi navbatda, aholiga özlari istagan uy-joyni sotib oliş imkoniyati yaratildi, avvallari, aholi sanoqli quruvçi qurgan bir xil namunadagi uy-joylardan olişga majbur edi.

Natijada, sohaga sifat va raqobat kirib keldi, hududlarda zamonaviy arxitektura yeçimlariga ega loyihalar paydo böldi. Şu orqali, ipoteka dasturlari doirasida yiliga 35 ming xonadonli uy-joylar qurilmoqda. Bu oldingi yillarga nisbatan 2 baravar köp, degani.

Şunday bölsa-da, yangi tizimda hali öz yeçimini topmagan köplab masalalar mavjud. Masalan, ipoteka bozorida qurilayotgan uy-joylar soni talabga nisbatan ança kam. Çunki 27 yil uy qurmaganmiz. Haliyam bir hovlida 3-4talab oila yaşayapti. Xususan, Xonqa tumanida 5 mingta yangi uy-joyga talab bölsa-da, kelgusi yilda atigi 464ta (talabning 9 foizi) uylar quriş reja qilingan.

Bundan taşqari, bugungi kunda joylaşgan joyi yoki narxi aholiga nomaqbul bölgani uçun, qiymati 255 milliard sömlik 950ta qurilgan xonadon sotilmasdan turibdi. Surxondaryoda – 292 ta, Sirdaryoda – 189 ta, Qoraqalpoğistonda – 174 ta, Farğonada – 167 ta. Ipoteka uçun budjetdan ajratilgan 1,1 trillion söm subsidiyalardan, 220 milliard söm (20 foiz) işlatilgan, xolos», deya e'tiroz bildirdi davlat rahbari.

Kelgusi yilda ipoteka dasturlari doirasida 50 mingga yaqin xonadonli uy-joylar quriladi. Bunga qariyb 13 trillion söm maqsadli kredit va 1,3 trillion söm subsidiya ajratiladi.

«Respublika böyiça 36 mingdan ziyod ijobiy xulosasi bor oilalarga 900 milliard sömdan ziyod subsidiyalar tölanmay turibdi. Buning sababi, aholi tomonidan talab yuqori bölgan örta me'yordagi uylar böyiça quruvçilar bozorga yetarli taklif çiqarmayapti.

Misol uçun, Samarqand viloyatida hokimiyat taşabbus qilib, loyihaçi, quruvçi va bankning «boşini birlaştirib», hamyonbop uylarni qurişni taşkil etgan. Bu orqali subsidiyadan foydalaniş va kreditlarni özlaştirişning eng yuqori körsatkiçi Samarqandda (kredit – 85 foiz, subsidiya – 60 foiz).