Prezident raisligida aholini uy-joy bilan ta'minlaş dasturi ijrosini samarali taşkil etiş, ipoteka kreditlaşni kengaytiriş va quriliş materiallari sanoatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişi boşlandi.

Yiğiliş avvalida prezident aholini uy-joy va yaşaş manziliga yaqin joylarda iş bilan ta'minlaş böyiça «Yangi Özbekiston» massivlarini barpo etiş dasturi loyihasi muhokama qilingani, u qayta körib çiqilib, massivlar soni 29tagaça köpaytirilganini ta'kidladi.

«Bugungi yiğilişda ipotekani kengaytiriş va quriliş materiallari sanoatini rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalarni belgilab olamiz.

Xabaringiz bor, bundan ikki yil oldin ipoteka tizimi tubdan isloh qilindi. Natijada sohaga sifat va raqobat kirib keldi, hududlarda zamonaviy arxitektura yeçimlariga ega loyihalar paydo böldi.

Şu orqali ipoteka dasturlari doirasida yiliga 35 ming xonadonli uy-joylar qurilmoqda. Bu oldingi yillarga nisbatan 2 baravar köp», deya prezident sözlarini keltiradi prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov.

Davlat rahbari uy-joy qurilişi va ipoteka tizimida hali öz yeçimini topmagan köplab masalalar mavjudligini körsatib ötdi.

Bular:

  • ipoteka bozorida qurilayotgan uy-joylar soni talabga nisbatan ança kam. Xususan, Xonqa tumanida 5 mingta yangi uy-joyga talab bölsa-da, kelgusi yilda atigi 464ta (talabning 9 foizi) uylar quriş reja qilingan; 
  • bugungi kunda joylaşgan joyi yoki narxi aholiga nomaqbul bölgani uçun qiymati 255 milliard sömlik 950ta qurilgan xonadon sotilmasdan turibdi;
  • ipoteka uçun budjetdan ajratilgan 1,1 trillion söm subsidiyadan 220 milliard sömi işlatilgan, xolos. Respublika böyiça 36 mingdan ziyod ijobiy xulosasi bor oilalarga 900 milliard sömdan ziyod subsidiyalar tölanmay turibdi;
  • aholi tomonidan talab yuqori bölgan örta me'yordagi uylar böyiça quruvçilar bozorga yetarli taklif çiqarmayapti;
  • uy-joy quriladigan massivlar röyxati tasdiqlangan bölsa-da, yer uçastkalari öz vaqtida auksionga çiqarilmagani bois, Toşkent viloyatida – 2,7 ming, Qoraqalpoğiston, Qaşqadaryo va Xorazmda – 1,5 ming xonadonli uy-joylar qurilişi boşlanmagan;
  • viloyat hokimlari va ularning quriliş böyiça örinbosarlari uy-joy qurilişi uçun pudratçi tanlaşda 2-3 ta taşkilot bilan çeklanmoqda. 

«Buning salbiy oqibatlarini Jizzax misolida hamma kördi», deb ta'kidladi prezident.