Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Red Wings Maxachqal'adan Navoiyga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Dog‘istondan birinchi reys 25 dekabrga belgilangan.
Red Wings aviakompaniyasi Maxachqal'adan O‘zbekistonning Navoiy shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Maxachqal'a aeroporti matbuot xizmatining TASS’ga xabar berishicha, to‘rtta reys rejalashtirilgan.
«Red Wings aviakompaniyasi Maxachqal'adan Navoiy shahriga parvozlarni boshlaydi. Dog‘istondan parvozlar 25 dekabr va 8 yanvarga, ortga esa mos ravishda 26 dekabr va 9 yanvarga belgilangan», - dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, reyslar 100 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladigan Sukhoi Superjet 100 samolyotlarida amalga oshiriladi.
«Bundan tashqari, Maxachqal'a aeroporti ichki reyslar geografiyasini kengaytirmoqda. Kechagina biz Volgograddan birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reysni amalga oshirdik», - deya qo‘shimcha qilgan Maxachqal'a aeroporti vakili.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026