“Oxirgi [rusumdagi] Malibu’da yurişingiz mumkin, oxirgi [rusumdagi] Porsçe’da yuriş mumkin. Dubayda [politsiya xodimlari] eng oxirgi [rusumdagi] maşinada yuradi. Çunki jinoyatçiga yetib oliş kerak. Biz jinoyatçiga Lacetti’da yetib ololmaymiz.
Jinoyatçilarga yetib oliş uçun biz ham kerak bölsa 10ta BMW, 10ta Mercedes va Ferrari – zörlarini olişimiz kerak. Çunki jinoyatçilar bilişi kerak — davlat ulardan kuçli. Kerak bölsa quvlaydi, yetib oladi, topadi, törtta “7”lik nomering bölsa ham özi sen bilan gaplaşadi”, degan Şerzod Qudratxöja.
Sessiyada “Özbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlaş va uni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni bilan joriy etilişi kutilayotgan yangiliklar muhokama qilingan va unda IIV, Milliy gvardiya rahbariyati, mas’ul departament, boşqarma va tuzilmalar boşliqlari iştirok etgan.
Sessiya davomida boşlovçi ilgari jamoat xavfsizligini saqlaş uçun faqat IIV mas’ul bölgani, bu vazifa monopoliya bölgani, bu esa köp suiiste’molçilikka olib kelganini aytib ötgan.
“Bugun şu işda IIVga raqobatçi Milliy gvardiya. Çunki mana köryapmiz ular otlarda çiroyli yurişibdi. Mana, bugun içki işlar vaziri örinbosari aytdiki, IIV tizimida ham otliq bölinmalar taşkil etilayotgan ekan.
Men köp çet elda yuraman. Yaqinda Turkiyada böldim. Eski binolarining oldida xavfsizlik xodimlari otlarda yurişadi. Otlari çiroyli yasantirilgan, oldilariga gardonlar taqilgan, otning yuzida niqobigaça bor. Özbekistonda, Toşkentda ham körib qolaman köçalarimiz, bulvarlarimizda yigit-qizlar otda yursa, odamlarda ham yurtiga, tarixiga hurmat paydo böladi. Biz Amir Temur avlodlarimiz, Bobur Mirzo avlodlarimiz. Qonimizda buyuk sarkardalar qoni bor”, deydi u.
Içki işlar vaziri örinbosari Bekmurod Abdullayev sessiyada jamoat xavfsizligini ta’minlaş borasida IIV hamda Milliy gvardiyaga alohida-alohida vazifalar taqsimlab berilgani, IIV MG bilan raqobatga tayyorligini bildirgan.
“Milliy gvardiya şaxsiy tarkibiga alohida xizmat vazifalari va xizmat joylari belgilab berildi, ya’ni Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari va xodimlari bozorlarda, xiyobonlarda xizmat olib borişadi. Bundan taşqari, Toşkent şahri, Nukus şahri va viloyatlar markazlarida ommaviy tadbirlarni taşkillaştiriş uçun javob beradi.
Raqobat bölgani yaxşi. Buni soğlom raqobat deb hisoblaymiz. Çunki biz doim hamkorlikda, bir-birimizga amaliy yordam körsatgan holatda xizmatimizni taşkillaştiramiz. Çunki maqsadimiz bir, oldimizga qöyilgan vazifa bir, bu – yurtimizda jamoat tartibini va fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş. Şuning uçun bu borada raqobatdan qoçmaymiz, raqobatga tayyormiz.

















