Malohat opa Mamajonova Qöqon davlat pedagogika instituti 1-kurs talabasi. U Quvasoy şahri Kokilon mahallasida istiqomat qiladi. Uç farzandli bölganidan söng azaliy orzusi uşalib, oliygohga öqişga kirdi.

Qişloqning sodda va samimiy oilalari turmuş tarzi, matonatli insonlarning bugungi öy-xayollari bilan qiziqib, bir kun şu oilada mehmon böldik.

Oila boşliği Oybek Zokirov elektr payvandçi bölib işlaydi. Turmuş örtoği öqişdan kelguniça köçadagi yumuşlarini bajariş barobarida örtança öğli Firdavsbekni maktabga, kiçigi Muhammadziyoni boğçaga eltib qöyadi. Oilaning tönğiçi Abdulaziz esa bir neça yildan buyon Rossiyada işlar ekan.

Oybek akaning özi ham Rossiyada 18 yil davomida ustaçilik qilgan. Yaşab turgan uyini quriş uçun er-xotin Rossiyada işlab kelişgan. Ikki xona uy tiklaşga yetgulik mablağ jamğarilgaç, oila muhojirlikdan vatanga qaytgan.

Tuşlikdan keyin ona öqişdan qaytadi. Birgalaşib çoy içişgaç, uy bekasi şaftoli boğga ötin tergani çiqadi.

Nafasini rostlab olgan beka qişloq hayoti haqida sözlab berdi.

«Marğilondan Farğona şahriga turmuşga çiqqanman. Taqdir taqozosi bilan hovli uçun yer sotib olganimizdan keyin uç öğlimizni olib, işlaş uçun oilaviy Rossiyaga bordik. U yerda bir neça yil işlab, mana şu ikki xonali imoratni tikladik.

12 yil deganda Qöqon davlat pedagogika instituti talabasi böliş baxti nasib qildi. Har kuni soat 4:50da turaman. Nonuşta tayyorlab, söng yölga — şahar markaziga boriş uçun maşinaga çiqaman. Keyin u yerdan avtobusga ötirib, soat 8:30da birinçi paraga yetib boraman».

U rözğorda turmuş örtoğiga yordam beradi. Öqişga borib kelişiga bir kunda 50 ming söm pul sarflar ekan.