Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda o‘quvchilarga berilgan sovg‘alar qaytarib olingani aytildi. Viloyat XTB buni rad etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Yuldoshev va viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i To‘lqin Karimov suratga tushish uchun o‘quvchilarga sovg‘a berib keyin qaytarib olgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat XTB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, Shahrisabz shahridagi Madaniyat saroyida umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rik-tanlov, festival va sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash tadbiri o‘tkazilgan.
Taqdirlash marosimida o‘quvchilarga musiqa jihozlari berilgan va ular tegishli Nizom talablari asosida topshirilgan.
Qayd etilishicha, o‘quvchilarga topshirilgan musiqa asboblari o‘rnatilgan qonuniy tartib asosida maktab balansiga kirim qilingan. Hozirda undan barcha umumta'lim maktab o‘quvchilari foydalanib kelmoqda.
«Anglashimiz lozimki, Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Yuldoshev va Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i To‘lqin Karimov suratga tushish uchun musiqa asboblari yoki sovg‘alarni berib so‘ngra uni qaytarib olgan mazmunidagi murojaat haqiqatga yaqin emasligini ma'lum qilamiz», deyiladi munosabatda.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
15:32 / 25.05.2026
Toshkentda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi
15:24 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
18:53 / 11.03.2026