
Sedat Suna / EPA / Scanpix / LETA
Ötgan hafta içida ham lira rekord minimumlarni qayd etdi, lekin Turkiya yetakçisi past foiz stavkalari bilan «mustaqillik uçun iqtisodiy muhoraba»ni davom ettirmoqda.
Nega Erdöğan uning raqiblari ta'kidlayotganidek, inflatsiya, işsizlik va qaşşoqlik oşişiga sabab böluvçi siyosatidan voz keçmayapti? Bu turkiyaliklar uçun nimani bildiradi? BBC bu haqda tahliliy maqola e'lon qildi.
Noortodoksal siyosat
Turk lirasining qulaş sababi oddiy: prezidentning iqtisodiyotga noortodoksal yondaşuvi. Unga köra, Turkiyaning raqobatbardoş valuta şaroitida iqtisodiy ösişi va eksport salohiyatini past foiz stavkalarini saqlab qoliş yöli bilan qöllab-quvvatlaş nazarda tutiladi.
Köplab iqtisodçilar inflatsiya ösişi foiz stavkalarini oşirib boriş bilan nazorat qilinadi, deb hisoblaşadi. Lekin Erdöğan uçun foiz stavkalari — bu «boylarni yanada boy, kambağallarni esa qaşşoq qiluvçi yovuzlikdir».
«Hamma narsaning narxi şu qadar oşganki, köpçilik oilalarda risoladagidek tuşlik tayyorlaşga ham imkoniyat yöq», — degan mahalliy oziq-ovqat dökonlaridan birining xaridori Sevim Ildirim BBC’ga.
Turkiyada yillik inflatsiya 21 foizdan oşdi, lekin Erdöğan nazorati ostidagi Markaziy bank foiz stavkasini 16 foizdan 15 foizga tuşirdi. Bu esa şu yildagi uçinçi pasaytiriş.

Hozir butun jahonda inflatsiya oşib bormoqda, butun dunyo böylab markaziy banklar foiz stavkalarini oşiriş haqida gapirişmoqda. Faqat Turkiya emas. Erdöğan alaloqibat inflatsiya öz-özidan pasayişiga işonadi.
Sönggi ikki yil içida u Turkiya markaziy bankining uç rahbarini işdan oldi, ötgan haftada moliya vaziri ham böşatildi. Lira esa qulaşda davom etmoqda.
Narxlarning misli körilmagan oşişi




















