Toşkentning «Humo Arena» sport majmuasi oldidagi ba’zi köçalarda avtomobillar harakati vaqti-vaqti bilan çeklanadi. Bu haqda Toşkent şahri IIBB Yöl harakati xavsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 14 sentabrdan 6 oktyabrgaça Toşkentda futzal böyiça jahon çempionati öyinlari «Humo Arena»da ötkaziladi. Şu sababli, mehmonlar va muxlislarning xavfsizligini ta’minlaş hamda jamoat tartibini saqlaş maqsadida vaqti-vaqti bilan quyida keltirilgan köçalarda transport vositalarining harakati qisman çeklanadi:
- Furqat - Beşyoğoç köçasidan Beşyoğoç köçasi böylab, Beşyoğoç - Afrosiyob köçalari kesişgan çorrahagaça;
- Beşyoğoç - Afrosiyob köçalari kesişgan çorrahadan, Afrosiyob köçasi böylab;
- Islom Karimov - Afrosiyob köçalari kesişgan çorraha köçasigaça.
Tirbandliklarning oldini oliş uçun haydovçilarga aylanma yöllardan harakatlaniş tavsiya etilgan.

















