Bayram arafasida yangi, zarur şaroitlarga ega talabalar turar joylari, yumşoq qoplamali stadion, voleybol, basketbol va mini futbol maydonlari, sport majmuasi foydalanişga topşirildi. Şu munosabat bilan ötkazilgan tadbirda söz olganlar bu imkoniyatlar mamlakatimiz ertasi bölgan yoşlarning sifatli ta'lim-tarbiya olişlari uçun muhim ahamiyatga ega bölişini aytib ötdilar.


Kapital ta'mirlaş işlari olib borilgan 2-, 3-, 7- va 9-talabalar turar joylariga zamonaviy rusumdagi kir yuviş maşinalari, elektr plitalar, televizor va kompyuterlar keltirildi. Talabalar yaşaydigan xonalarda ikki qavatli krovatlar örnatilib, şkaf, stol-stullar yangilandi. Mebel jihozlari, kitob javoni va kerakli adabiyotlar bilan ta'minlangan öquv zallari taşkil etildi. Kir yuviş xonalari, duşxona, yuviniş xonasi, oşxona hamda hojatxonalar qayta ta'mirdan çiqarildi. Har bir yotoqxona yuqori tezlikda işlaydigan Wi-Fi qurilmalari bilan ta'minlandi.


Moslaştiriş jarayonlaridan söng barça yotoqxonalarda siğim sezilarli darajada kengaydi. Endilikda 3-talabalar turar joyi 260 nafar yoşlarni (avval 224 örinli), 2-talabalar turar joyi 181 nafar yoşlarni (avval 150 örinli), 7-talabalar turar joyi 360 nafar yoşlarni (avval 224 örinli), 9-talabalar turar joyi 170 nafar yoşlarni (avval 90 örinli) öz bağriga siğdirdi. Şuningdek, tez orada 800 öringa möljallangan 8-talabalar turar joyi ham foydalanişga topşiriladi.

Joriy yilning sentabr oyida 1671 nafar talaba turar joyga ega bölgan bölsa, qöşimça yotoqxonalarning ta'mirlanib foydalanişga topşirilişi natijasida qamrov körsatkiçi 2538 nafarga (55 foiz) yetadi. Şuningdek, 2022/2023 öquv yilida yana umumiy hajmi 600 örinli bölgan talabalar turar joyi foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.

























