O‘zbekiston | 10:36 / 10.12.2021
3588
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda tamagirlik qilgan direktor o‘rinbosariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: Getty Images

Buxoro shahrida direktor o‘rinbosari ishga kirgizib qo‘yish evaziga fuqarodan pul olayotganda ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Buxoro shahridagi maktablardan birining xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Romitan tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaroni aldab, tanishlari orqali maktab bog‘bonligiga ishga kirgizib qo‘yishni va'da qilgan. U “xizmati” uchun 300 dollar talab qilgan. Direktor o‘rinbosari kelishilgan pulni olayotganda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Shofirkon tumanida 300 AQSh dollari evaziga tadbirkorning “ishini hal qilib” bermoqchi bo‘lgan muhandis qo‘lga olingandi.

Mavzuga oid