Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda tadbirkordan pul olgan elektrikka jinoyat ishi ochildi
Shofirkon tumanida 300 AQSh dollari evaziga tadbirkorning “ishini hal qilib” bermoqchi bo‘lgan muhandis qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Vobkent tumani Elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi D.D. yakka tartibdagi tadbirkor F.dan ishlab chiqarish sexiga uch fazali elektr liniyasini ulab berish evaziga 300 AQSh dollari so‘ragan. U kelishilgan pulni olayotganda departament hamda DXXning Shofirkon tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Buxoroda 1 700 dollar evaziga fuqaroni o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026