GM Uzbekistan xaridorlarga ogohlantirish bilan chiqdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, avtomobilni dilerlik korxonacidan olib ketish vaqtida quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:
avtomobilini olib ketish vaqtida diler tomonidan faqatgina 25 ming so‘m miqdorida Hisob-ma'lumotnomasi uchun to‘lov amalga oshirilishi talab etiladi.
Avtosalon xodimlarining ushbu to‘lovdan tashqari obuna, avtomobilni manzilga olib borib berish kabi xizmatlar uchun qo‘shimcha to‘lov talab qilishi noqonuniy sanaladi.
“Agar Siz bu kabi tamagirlik holatlariga duch kelsangiz kompaniyaning +99878-147
14-14 raqamli “Ishonch telefonlari”ga murojaat qilishingiz so‘raladi”, - deyiladi xabarda.











