“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ijtimoiy tarmoqlarda yangi elektr hisoblagiçlar tokni 2 barobargaça köp hisoblaşi kuzatilayotgani haqida tarqalgan video yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, mazkur video bundan 2 yil avval tarqatilgan va uni tayyorlab tarqatgan şaxs öşa vaqtning özidayoq asossiz ma'lumotlari uçun tegişli tartibda jazoga tortilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari tomonidan uşbu videoda keltirilgan vajlar asossiz ekanligini isbotlovçi videomaterial tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlar orqali elektr energiyasi iste'molçilariga bu borada tuşuntirişlar berib ötilgan.

Qöşimça sifatida qayd etiş joizki, zamonaviy hisoblagiçlar işlab çiqariş jarayoni inson omili ta'sirisiz, alohida bir neçta bosqiçli köriklardan ötkazilgan holda olib boriladi. Ya'ni davlat metrologik körsatkiçlari talabiga javob bermasa, yaroqsiz deb topiladi va foydalanişga çiqarilmaydi. Yuqoridagilardan kelib çiqib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan bu kabi asossiz xabarlarga işonmasliklarini söraymiz”, deyiladi jamiyat izohida.

Şuningdek, jurnalist va blogerlarga ham elektr energiyasi ta'minotiga oid savol yoki mulohazalar bölsa, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati kömak berişga tayyorligi bildirilgan.