Hozirgi kunda köplab tabiiy gaz iste'molçilari yangi, «aqlli» hisoblagiçlardan foydalanib kelmoqda. Bu hisoblagiçlar ta'minotni yaxşilaşi, xususan, sun'iy qarzdorlik yuzaga kelişining oldini olişi kutilgandi. Ammo örnatilganiga bir yil ham bölmay «aqlli» hisoblagiçlar muammo çiqarmoqda. Ayniqsa, iste'molçi tabiiy gazdan qarzdorligini uzib, keyingi iste'mol uçun pul tölab qöyganiga qaramay, hisoblagiçning qayta işga tuşmasligi odamlarni sarson qilyapti.

Tahririyatga Farğona şahrida istiqomat qiluvçi fuqarolardan aynan şu mazmundagi murojaatlar böldi. Iste'molçilar yangi hisoblagiç bilan boğliq muammolar ularni qiynab yuborgani, gaz ta'minoti idorasiga qatnayverib sarson bölayotganlarini aytişdi.

Farğona şahrida yaşovçi iste'molçilardan biri şunday deydi: «10-15 kun oldin gazimiz öçib qoldi. 370 ming söm qarz bölganim haqida sms keldi. «Gorgaz»ga borib tekşirtirsam, 40 ming söm qarz çiqarib berişdi. 20 ming söm ortiqçasi bilan 60 ming söm tölab qöydim. Keyin ariza yozdirib olişdi, hisoblagiçni suratga olib keling, deyişdi. Şunday qildim. Keyin xodimlar borib gazni yoqib berişdi.

Kuni keça esa 300 ming söm qarzingiz bor, deb yana sms keldi. «Gorgaz»ga borsam, sizda qarzdorlik yöq, 15 ming söm haqqingiz bor ekan deyişdi. Nimaga bunaqa bölyapti desam, bazada nosozlik bölayotganini aytişdi. Bugun 15 iyul kuni ertalab yana gaz öçib qoldi. «Gorgaz»ga borsam, u yerda töplangan köpçilikning ham dardi şu ekan.

Özini muhandis deb taniştirgan Javlon ismli yigit odamlarni qabul qilib «Harakat qilyapmiz, xonadonlarga borib, gazni yoqib beriş uçun bir-ikki xodim işlayapti xolos, ular ulgurmayapti», dedi. U yerda 50 nafarga yaqin odam şu muammodan arz qilayotgandi», deydi farğonalik murojaatçi.

Muammo qayerdan kelib çiqayotganiga aniqlik kiritiş maqsadida «Hududgaz Farğona» gaz ta'minoti filiali rahbariyati bilan boğlandik. Filial direktorining servis xizmatlari körsatiş böyiça örinbosari Ziyodullo Fozilov noqulayliklar yuzaga kelişiga yangi tizimdagi nosozlik sabab bölayotganini aytdi.

«2020 yil 24 sentyabrda prezidentimizning «Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş» loyihasini amalga oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori çiqqan. Unda tabiiy gaz hisobini puxta yuritiş, bu borada inson omilini qisqartirib, işlarni töğri yölga soliş közda tutilgan. Şuningdek, xonadonlarga yangi hisoblagiçlar örnatiş belgilangan. Biz viloyatimiz böyiça 299 ming 76 ta hisoblagiç örnatişimiz kerak. Hozirgaça 120 mingdan oşiq hisoblagiçlar örnatildi va bu boradagi işlar davom etmoqda.