Jahongir Obidjonovning qayd etişiça, elektr hisoblagiçlarni texnik körikdan ötkaziş muddati ham qayta körib çiqilgan va 10 yil qilib belgilangan.
“Bugungi kunga kelib, Özbekiston böyiça barça elektr energiyasi foydalanuvçilariga 7,4 mln.ta “aqlli” hisoblagiçlar örnatilgan. Hozirda ularni Billing tizimiga ulaş masalasi hal etilmoqda. Şu kungaça 94 foiz hisoblagiçlar tizimga ulandi. Qolgan 6 foizi, ya'ni 400 mingga yaqin hisoblagiçni Billing tizimiga ulaş işlari olib borilyapti.
“Aqlli” hisoblagiçlar “Hududiy elektr tarmoqlari”ning mulki hisoblanadi va “Hududiy elektr tarmoqlari” tomonidan iste'molçilarga bepul örnatib beriladi.
Şu bilan birga, oldingi yillarda hisoblagiçlar har 3 yilda texnik körikdan ötkazilib, iste'molçi buning uçun ma'lum bir tölovni amalga oşirar edi. Endilikda, “aqlli” hisoblagiçlarni texnik körikdan ötkaziş har 10 yilda bepul amalga oşiriladigan böldi”, - dedi Jahongir Obidjonov.
















