Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Donbass bo‘yicha referendum va Putin bilan muzokaralar o‘tkazilishi mumkinligini istisno qilmadi
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgandi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbass masalasida referendum o‘tkazilishi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borishi mumkinligini istisno qilmasligini aytdi.
«Donbass bo‘yicha referendumni butkul istisno qilmayman. Bu yerda gap maqomda emas. Shunday bo‘lishi mumkin, bu Donbass, Qrim, ehtimol, urushni bas qilish to‘g‘risida ham bo‘lishi mumkin», — dedi u 1+1 telekanaliga bergan intervyusida.
«Shuningdek, Rossiya prezidenti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilishini ham istisno qilmayman va bu borada qo‘llab-quvvatlovga egaman. Bu yo‘nalishda yevropalik hamkorlarimiz va AQShning qo‘llab-quvvatlashini ko‘rmoqdaman», — dedi u.
7 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden o‘rtasida videomuloqot o‘tkazildi.
Kremlning xabariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari Ukrainadagi inqiroz va 2015 yildagi Minsk kelishuvlarining bajarilishida siljish yo‘qligi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan.
Shuningdek, Jo Bayden Vladimir Zelenskiy bilan ham telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Kiyevning ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Ukraina suverenitetini himoya qilishda qat'iyligini va Donbassdagi nizoni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanini bildirgan.
Mavzuga oid
20:08 / 04.06.2026
Moskvadan Qrimga ketayotgan yo‘lovchi avtobus zarbaga uchradi
21:08 / 22.05.2026
Bloomberg: Putin urushni yil oxirigacha yakunlamoqchi, ammo o‘z shartlari asosida
09:07 / 13.05.2026
Donbass masalasi bo‘yicha Trampning bayonoti e’lon qilindi
09:41 / 22.04.2026