Prezident Şavkat Mirziyoyev Mirzo Uluğbek tumanidagi 7-oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanişdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Mazkur muassasa sönggi bor 1991 yilda kapital, 2018 yilda esa joriy ta'mirlangan. Uning quvvati 250 qatnovga möljallangan bölib, hududdagi 8ta mahallada yaşovçi 41 ming nafar aholiga xizmat körsatib kelmoqda. Yordamçi bölimlardan fizioterapiya, funksional diagnostika, endoskopiya, markaziy klinik laboratoriya, rentgen, ultratovuş diagnostikasi hamda kunduzgi şifoxona faoliyati yölga qöyilgan.

Hozirgaça hududdagi aholining 93 foizi töliq xatlovdan ötkazilib, 5 ming 518 nafar fuqaro uçun soğlomlaştiriş çora-tadbirlari belgilandi.
Davlat rahbari poliklinikani zamonaviy tarzda kapital ta'mirlaş, aholiga har tomonlama qulaylik yaratiş böyiça topşiriqlar berdi. Mavjud diagnostika uskunalari ma'nan eskirgani sababli yangilariga almaştiriş lozimligi ta'kidlandi.

— Ambulator va statsionar tibbiy xizmatni özida jamlagan yangi tajribani amaliyotga joriy qiliş kerak. Oilaviy poliklinikalarga biriktirilgan aholiga sifatli va arzon xizmat körsatiş tizimiga ötiş orqali hududdagi şifoxonalar bilan soğlom raqobat muhitini şakllantiriş lozim, — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şu yerda Mirzo Uluğbek tumanidagi tibbiyot muassasalari faoliyati haqida ma'lumot berildi.


















