Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonga olib kelingan va yurtimizda ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinalar miqdori 50 million dozaga yaqinlashgani haqida xabar qildi.
«Bugun yurtimizga Xitoydan 1 000 000 doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49 036 368 dozani tashkil qilib, 50 million dozalik marraga yaqinlashmoqda», deyiladi xabarda.
Shundan:
- 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
- 37 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
- 1 341 790 dozasi Sputnik V;
- 3 000 060 dozasi Moderna;
- 2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;
- 1 976 000 dozasi Sinovac;
- 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.
Shundan 36 064 004 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llangan.











