Davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuçaytiriş böyiça prezident qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga köra, 2022 yildan boşlab har yili 1 aprelgaça joylarda ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasining holati, yangi loyihalarni amalga oşiriş zarurati va ularning joylaşuvi, şuningdek, uşbu masalalar böyiça keng jamoatçilik fikri örganiladi.

1 maygaça loyiha-qidiruv işlarini moliyalaştiriş uçun zarur mablağlar buyurtmaçilar kesimida şakllantiriladi. Yil yakunigaça kelgusi yillar uçun dastur tasdiqlanib, unga kiritilgan loyihalar böyiça tanlov (tender)lar e’lon qilinadi. Bunda, dasturga loyiha (loyihaoldi) hujjatlari ekspertizadan ötkazilmagan loyihalar kiritilişiga yöl qöyilmaydi.

2022 yil 1 yanvardan konsolidatsiyalaşgan budjet mablağlari va boşqa markazlaşgan manbalar hisobidan xarajatlarni amalga oşiriş va işlarni bajariş quyidagi hollarda taqiqlanadi: moliyalaştiriş manbai aniq bölmaganda; loyiha hujjatlari (işçi loyiha, iş hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) mavjud bölmaganda yoki ular quriliş-montaj işlari bilan bir vaqtda tayyorlanganda, ya’ni parallel ravişda olib borilganda; pudratçi (loyihaçi) taşkilotlar tanlov (tender) ötkazilmasdan tanlab olinganda.

Davlat dasturlari şakllantirilişi va ijro etilişini, şuningdek, uşbu dasturlar doirasida mablağlar maqsadli işlatilişini nazorat qilişning yangi tizimi joriy etiladi. Bunda, davlat dasturlari ijro etilişini nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş böyiça respublika ştabi, hududiy ştablar hamda tuman (şahar) ştablari tuziladi.