O‘zbekiston | 09:37 / 13.12.2021
3394
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining birinchi majlisi Toshkentda bo‘lib o‘tadi 

Dushanba kuni Toshkentda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Oliy darajadagi erishilgan kelishuvlarga muvofiq, 2021 yil 13 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining birinchi (inauguratsion) majlisi bo‘lib o‘tadi”, deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rahbarlik qiladi. 

“Amerika tomonidan AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid