Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Yangibozor tuman hokimi Öktamboy Qurbonov yiğilişlardan birida fermerlarni kurakda turmaydigan sözlar bilan haqorat qilgani aks etgan audio tarqaldi.
Audiodan ma'lum bölişiça, hokim bajarilmagan işlarni ham “bajarildi” deb hisobot berib kelgan bölişi mumkin.
“Nega çaqirganimda yonimga kelmading...(haqorat qiladi), nimaga çaqirgan edim seni?” deya qayta-qayta söraydi hokim ekani aytilayotgan şaxs.
“Bajaraman dedim-ku”, deydi bunga javoban söroq qilingan odam.
“Buğdoy qani? Bajarmasang... (haqoratli tahdid qiladi). Bajarmaganingni bajartirib (qoğozda – tahr), böynimga olib turibman. Hezalaklar! Men böynimga olib 105 foiz qilinglar, dedim. Yaxşi gapni tuşunmaydigan tönğiz...” deydi oğir haqoratlar bilan u.
Audioni tarqatgan Telegram'dagi TentakMinds kanali Yangibozor tuman hokimi taniqli amaldorlardan bölmiş Qahramon Quronboyevning qarindoşi ekaniga urğu beradi.
“Undan hamma qörqadi, çunki uning ukasi Qahramon Quronboyev Qöçqaroviç – prezident maslahatçisining birinçi örinbosari. Ha, familiyalar sal özgargani bilan ota ismi va yuzlardagi öxşaşlik sotib qöyadi”, – deya yozadi bloger.
Yangibozor tumani hokimligi axborot xizmati Kun.uz'ga bu audioyozuv izohsiz qoldirilişini ma'lum qildi.
Eslatib ötamiz, oktyabr oyida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi barça tuman va şahar hokimlari hamda ularning örinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik körsatkiçlari (KPI) asosida baholab çiqqan, 205 nafar hokim joy olgan uşbu reytingda Yangibozor tumani hokimi Öktam Qurbonov 2-örinni olgandi.
Ma'lumot uçun, Öktam Qurbonov Yangibozor tumaniga 2020 yil mart oyida hokim etib tayinlangan.
U 2018 yildan 2020 yilgaça Xorazm viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yurgan.











