Jahon | 17:34 / 14.12.2021
4638
1 daqiqa o‘qiladi

Toliblar Afg‘onistondagi barcha universitetlar yaqin vaqt ichida ochilishiga va’da berdi

Bosh vazirning siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari mavlaviy Abdul Kabir mamlakat universitetlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Foto: Anadolu Agency/Getty Images

“Tolibon” harakati Afg‘onistondagi universitetlar faoliyati tiklanishini va’da qilmoqda.

Harakat vakili Inomulla Samangoniyning ma’lum qilishicha, bosh vazirning siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari mavlaviy Abdul Kabir mamlakat universitetlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan.

“Mavlaviy Kabir ularning taklif va istaklari inobatga olinishi, yaqin vaqt ichida barcha davlat universitetlari ochilishini bildirdi”, — deyiladi xabarda.

Joriy yil avgustida hokimiyatga toliblar kelgan vaqtdan boshlab, Afg‘onistondagi oliy o‘quv yurtlari faoliyati to‘xtadi, qizlar esa yuqori sinflarda o‘qishni davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid