Denovdagi savdo markazi ostidan tuman hokimligi binosi qozonxonasiga örta bosimli gaz quvuri ötgan va undan sizib çiqqan gaz portlaşga sabab bölgan. Bu haqda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali direktori M.Mansurov viloyat hokimligida ötkazilgan muhokamada ma’lum qilgan.

Qayd etilişiça, 2021 yil 14 dekabr kuni viloyat hokimligida Denovdagi “Indenim” savdo majmuasida sodir bölgan portlaş sabablari muhokama qilingan. Majlisda qatnaşgan “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali direktori M.Mansurov holat böyiça izoh bergan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi 

Uning aytişiça, hodisa röy bergan joyda Hukumat komissiyasi bilan birga beş kun davomida “Hududgazta’minot” AJ rahbariyati hamda gaz ta’minoti sohasi mutaxassislari, maxsus texnika va asbob-uskunalarni jalb qilgan holda, örganiş ötkazgan. Tekşiruvlarda 2013 yilda qurilgan savdo majmuasining ostidan Denov tumani hokimligi qozonxonasini gaz bilan ta’minlaydigan yerosti örta bosimli gaz quvuri ötkazilgani aniqlangan.

M.Mansurovning qöşimça qilişiça, amaldagi quriliş normalariga köra, inşootning xavfsizligi va işonçliligini ta’minlaş uçun binolar örta bosimli gaz quvurining xavfsizlik zonasini hisobga olgan holda qurilişi lozim. Denovdagi savdo majmuasini qurişda bunga e’tibor berilmagan.

Savdo majmuasi gaz quvurining aynan özida qurilgani sababli yer ostidagi kommunikatsiyalar sozligini tekşiriş uçun kiriş yöli bölmagan. Ötkazilgan tekşiruvlarda majmua ostida hosil bölgan daydi toklar metall quvurlarning taşqi korroziyasiga va gaz quvurida nuqsonlar paydo bölişiga olib kelgani aniqlangan. Bu esa öz navbatida gaz sizib çiqişiga va gaz-havo aralaşmasi çaqnaşiga sabab bölgan.

Eslatib ötamiz, 2021 yil 7 dekabr kuni Denov şahridagi savdo markazida kuçli portlaş sodir bölgan. Oqibatida 9 kişi jarohatlangan, ikki kişi halok bölgan. Bundan taşqari, kuçli portlaş sababli savdo majmuasi atrofidagi 65ta xonadon va yana bir qator ijtimoiy obektlar turli darajada zararlangan. Şundan 6ta uyning devorlari yorilib, ular yaşaş uçun mutlaqo yaroqsiz holga