Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilonda Cobalt bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi mashina ichida yonib ketdi
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Damas va Cobalt rusumli avtomobillar to‘qnashuvi bo‘yicha ma’lumot berdi.
«2021 yil 14 dekabr kuni soat 20:00larda, Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahar, Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan «Yog‘du» qahvaxonasi ro‘parasida haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan R.X. Damas rusumli avtomobilni boshqarayotib, chapga burilish vaqtida ro‘paradan kelayotgan haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobilni o‘tkazib yubormaganligi oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Zarb oqibatida Damas avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Hodisa natijasida Damas rusumli avtomobil haydovchisi R.X. tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan», deyiladi xabarda.

Mazkur YTH yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Mavzuga oid
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
15:21 / 03.06.2026