Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv» klubi yangi bosh murabbiyni e’lon qildi
Bugun, 15 dekabr kuni «Lokomotiv» PFK rahbariyati va murabbiylar shtabi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda «temiryo‘lchilar» rasmiy sayti.

Foto: Lokomotiv
Yig‘ilishda jamoaning Superliga va O‘zbekiston Kubogidagi ishtiroki muhokama qilinib, keyingi yil uchun rejalar belgilab olingan.
Uchrashuvda klub rahbariyati yangi mavsumdan asosiy jamoani iqtidorli mutaxassis Denis Korostichenko boshqarishini ma’lum qildi.
Portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyra «Lokomotiv»ni tark etgach, 27 noyabr kuni Qarshida «Nasaf» bilan kechgan bahsda «temiryo‘lchilar»ni Denis Korostichenko boshqarib, mavsumning oxirgi o‘yinida jamoa 3:1 hisobida zafar quchgandi.

Ma’lumot uchun, Denis Vladimirovich Korostichenko 1986 yil 11 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2014 yil O‘zbekiston Davlat Jismoniy-tarbiya institutini tamomlagan. Katta futboldagi faoliyatini «Oqtepa» safida o‘tkazgan. Murabbiylik faoliyatini esa 2005 yilda boshlab, dastlab Toshkent shahridagi BO‘SM-17da bolalar murabbiyi bo‘lib ishlagan. 2010-2018 yillari «Bunyodkor» akademiyasida faoliyat yuritgan Korostichenko 2019 yildan beri «Lokomotiv»da ishlab kelyapti.

«2019 yil «Lokomotiv» U-21 jamoasida Temur Kapadzega yordam bergan Korostichenko yoshlarning O‘zbekiston chempioni bo‘lishida munosib hissa qo‘shdi. 2020 yilning ikkinchi yarmida Timur Kapadze «Lokomotiv» asosiy jamoasini qabul qilib olgach, murabbiylar shtabiga yana Korostichenkoni taklif etdi. Yil oxirida Temur Toxirovich yangi tuzilgan «Olimpik» jamoasiga yo‘l oldi. Denis Korostichenko esa «Lokomotiv»da qolib, Mikael Sekeyra boshchiligidagi murabbiylar shtabidan joy olgandi», - deyiladi klub xabarida.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Germaniyada bir yil ichida deportatsiyalar soni sezilarli darajada oshdi
Jahon | 13:58
-
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 13:45
-
Ye3 davlatlari G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 13:32
Mavzuga oid

20:17 / 03.08.2023
Tomoshabinlar antirekordi qayd etilgan OKMK – «Lokomotiv» o‘yinidan fotojamlanma

16:59 / 25.11.2022
«Turon» Superligaga yo‘llanma oldi, «Lokomotiv» Pro ligaga ravona bo‘ldi

16:52 / 29.10.2022
Toshkent hal qiladi: Chempionlik 21 yil o‘tib, poytaxtdan tashqariga chiqadimi?

18:04 / 20.10.2022