Toşkentdagi Qöyliq dehqon bozori bosqiçma-bosqiç köçiriladi. Bu haqda Bektemir tumani hokimi Tapil Mahamadziyoyev ma’lum qildi.
«Bozor köçirilişi bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Kadastri borlarga davlat tomonidan 100 foiz kompensatsiya tölab beriladi, albatta.
Bozorning köçişi narx-navoga ta’sir qilmaydi. Çunki yangi bozorda reklama monitorlari mavjud va bir aylantirişi 100 mln söm turadi. Bu bozorga qöşimça daromad keltiradi.
Biz yangi bozor ma’muriyati bilan 3 oy patta puli olmaslik şarti bilan kelişdik. 3 oy davomida heç qanaqa patent puli tölamasdan tadbirkorlarni qabul qiladi.
Öşangaça narx-navoda biroz özgarişlar bölişi mumkin. Bozorni bosqiçma-bosqiç köçirmasak bölmaydi», degan Tapil Mahamadziyoyev 13 dekabr kuni tuman deputatlari bilan uçraşuvda.
U bozor köçirilayotgan Food City majmuasi endilikda Bektemir tumani hududida ekanini ta’kidlagan — avgustda Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumanining bir qismi Bektemir tumani hududiga ötgandi.
7 dekabr kuni Toşkent şahar hokimining Qöyliq dehqon bozori va unga tutaş ulgurji savdo maydoni boşqa manzilga köçirilişi haqidagi qarori e’lon qilindi. Bu qaror bozorda faoliyat körsatuvçi tadbirkorlar va boşqa xizmatçilarda norozilik uyğotdi. Bozorçilar köçiş oqibatida zarar körişlari mumkinligi, narx-navo kötarilişi kabi salbiy oqibatlar haqida gapirişdi.
Şundan söng bozor buzilişidan norozi bölgan bir guruh sotuvçilar bozor yonidan ötuvçi Toşkent kiçik halqa yölini tösişga urindi, keyinroq ularning 5 nafari qamoqqa olindi. Holat yuzasidan Ma’muriy kodeksning 195- hamda 201-moddalari böyiça iş oçilgan.
Qöyliq bozoridagi tadbirkorlarga 31 dekabrgaça bozordagi faoliyatini tugatişi, 1 yanvardan Food City hududiga köçiş haqidagi ogohlantiriş xatlariga imzo çektiriş holatlari boşlangani haqida xabar berildi. Ogohlantiriş xatida agar tadbirkorlar tomonidan bu talablar bajarilmasa, ma’muriy va hatto jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkinligi haqida aytilgan edi.













