Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi raisi Komil Allamjonov 15 dekabr kuni TikTok tarmoği vitse-prezidenti Teo Bertram bilan onlayn uçraşganini ma’lum qildi.

“TikTok zararli bölsa, uni foydali resursga aylantiriş lozim. Şu va bunga öxşaş kompaniyalar faoliyatini çeklaş emas, balki ular bilan yaqindan muloqot, hamkorlik örnatgan holda işlaş hamma uçun köproq manfaatli va töğriroq böladi deb öylayman. Aynan şu maqsadda bugun TikTok kompaniyasining vitse-prezidenti doktor Teo Bertram va kompaniyaning mas’ul xodimlari bilan juda samarali onlayn uçraşuv ötkazdik.

Uçraşuvda özaro hamkorlik masalalarini muhokama qildik. TikTok vakillariga tarmoqning içki normalari va ayrim tartib-qoidalarini körib çiqiş, uni Özbekiston qadriyatlari, urf-odatlar va mentalitetimizga moslaş böyiça takliflar berdim. Ular tomonidan bu taklif albatta inobatga olinişi, bu borada hamkorlik, şu bilan birga özbek tilini ham kiritişga tayyor ekanliklari ma’lum qilindi.

PS: Hamkorlik boşlandi”, – deya yozdi Allamjonov Telegram'dagi kanalida.

Eslatib ötamiz, TikTok – Özbekistondagi faoliyati çeklangan 5ta internet platformasidan biri. “Özkomnazorat” 2 iyuldan boşlab TikTok, Twitter, Skype, WeChat va Vkontakte tarmoqlariga çeklov qöygandi.

Çeklovga mazkur tarmoqlar Özbekiston fuqarolarining şaxsiga oid ma’lumotlarni Özbekiston hududida joylaşgan serverlarda saqlamayotgani sabab bölmoqda. Şu yil 16 apreldan kuçga kirgan qonunda şunday talab belgilangan.

3 noyabr kuni yuqoridagi vaj bilan Telegram, Facebook, Instagram, YouTube va Odnoklassniki tarmoqlari ham bloklandi va bu jamiyatda keskin rezonans uyğotdi. Şu kunning özida bu harakat prezident bilan kelişilmagan holda, Vazirlar Mahkamasi topşiriği asosida qilingani aytildi va tarmoqlarga ulaniş tiklanib, qator mas’ullar işdan olindi.