Yangi körinişdagi nominal qiymati 50 000 söm va 100 000 söm bölgan banknot şaklida pul belgilarini muomalaga çiqarilişi töğrisida qaror qabul qilindi.

Yangi 50 ming sömlik banknota tasviri:

Foto: Markaziy bank
Foto: Markaziy bank

Banknot old tomoni çap qismida Surxondaryo viloyatida joylaşgan XI-XII asrlarga tegişli ABU ISO TERMIZIY MAQBARASI me’moriy yodgorligi tasvirlangan.

Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi III-I asrlarga tegişli bölgan Surxondaryo viloyati hududidagi qadimiy yodgorlik – FAYOZTEPA ARXEOLOGIYA YODGORLIGI tasvirlangan.

Yangi 100 ming sömlik banknota tasviri:

Foto: Markaziy bank
Foto: Markaziy bank

Banknot old tomoni çap qismida Xorazm viloyatining Xiva şahrida joylaşgan ICHAN QAL'A tarixiy muzeyi tasvirlangan.

Banknot orqa tomonida III-IV asrlarga tegişli bölgan qadimiy Xorazm davlatining poytaxti vazifasini bajargan qal’a - ANGKAQAL'A  ARXEOLOGIYA YODGORLIGI tasvirlangan.

Markaziy bank xabariga köra, yangi körinişdagi 50 ming va 100 ming sömlik kupyuralar 2021 yilning 22 dekabridan boşlab muomalaga çiqariladi. Hozir amalda bölib turgan 2017 yilda çiqqan 50 ming sömlik va 2019 yilda çiqqan 100 ming sömlik banknotlar ham muomaladan çiqarilmaydi va ular öz tölov qobiliyatini saqlab qoladi.

«Muomalaga çiqarilayotgan yangi körinişdagi qiymati 50 000 söm va 100 000 söm bölgan pul belgilari bugungi kunda muomalada bölgan 2017 yil namunasidagi 50 000 sömlik va 2019 yil namunasidagi 100 000 sömlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravişda) muomalada böladi.