Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ma’muriy qamoq jazosini olgan ota aliment pulini to‘ladi
Xorazm viloyati, Yangibozor tumanida yashovchi ota aliment pulidan qarzdorligi tufayli 5 sutkaga qamalgan. Jazoni o‘tab bo‘lgach, aliment pulini to‘liq to‘lagan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining 2014 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor M.O. dan undiruvchi S.O. foydasiga 2 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Hujjat Majburiy ijro byurosi Yangibozor tuman bo‘limiga kelib tushgan va ijro harakatlari boshlangan.
Ammo ota aliment to‘lamagan va qarzdorlik 73 million so‘mdan oshib ketgan.
Shundan so‘ng, MIB Yangibozor tuman bo‘limi tomonidan qarzdorga nisbatan «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksning 474-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani bo‘yicha to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan.
Sud otani 5 sutka ma’muriy qamoq jazosiga mahkum qilgan.
Qarzdor jazoni o‘taganidan keyin 73 mln so‘m hamda 2 nafar farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan davr uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pulini to‘liq to‘lab bergan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari to‘xtatilib, ijro hujjatini tamomlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan hamda qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan cheklov va taqiqlar to‘liq bekor qilingan.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
20:26 / 10.05.2026
Rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar uchun aliment hisoblashda qo‘llaniladigan miqdorlar oshdi
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
08:33 / 24.04.2026