“ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasida quriladigan 100 MVt quvvatga ega şamol elektr stansiyasi (ŞES) loyihasi böyiça bitimlar imzolandi. Loyiha qiymati 108 million dollarni taşkil etdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Loyihani amalga oşiriş uçun maxsus taşkil etilgan “ACWA Power Wind Karatau FE LLC” MÇJ kompaniyasi “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan 25 yil muddatga elektr energiyasini sotib oliş şartnomasini imzolagan. Şuningdek, “ACWA Power Wind Karatau FE LLC” MÇJ va “ACWA Power” kompaniyalari Moliya vazirligi tomonidan Özbekiston Respublikasi hukumati bilan Davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş töğrisidagi bitim (GSA) ham tuzgan.
Qoraözak tumanidagi şamol elektr stansiyasi “ACWA Power” kompaniyasining Özbekistondagi törtinçi loyihasi hisoblanadi. Kompaniya, xususan, Sirdaryo viloyatida ikkita buğ-gaz qurilmasiga ega issiqlik elektr stansiyasini quriş loyihasini ham amalga oşirişda hamkorlik qilmoqda.
Avvalroq, işlab çiqariladigan 1 kVt/s elektr energiya uçun 2,5695 sentga teng tarifni taklif qilgan “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi Qoraqalpoğistonda şamol elektr stansiyasini quriş böyiça xalqaro tender ğolibi deb e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.

















