Kun.uz muxbiriga köra, tadbirda Toşkentdagi Ğafur Ğulom boği, uni rekonstruksiya qiliş uçun olgan «investorlar»ning işonçni oqlamagani va boğni investorlarga berişda buzilgan şaffoflik şartlari haqida ham söz bordi.
«Şahar hokimining hisobotini eşitarkanmiz, biz ham unga birinçi örinda Ğafur Ğulom boği haqida savol berdik. Maqsad — u yerda odamlar uçun dam oliş imkoniyatlarini saqlab qoliş.
Hali u yerda şartnomalar bölmagan, lekin şartnoma bölgan taqdirda ham birinçi masala parkda odamlar uçun dam oliş imkoniyatlarini saqlab qoliş böladi», – dedi senator Tolibjon Madumarov.
Senatning yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi Baxtiyor Sayfullayevga köra, yaqin orada senatorlar parkning investorlarga qanday şartlar asosida berilgani va boğ rekonstruksiyasi nega keçiktirilayotgani böyiça örganiş boşlaydi.
«Buni tez orada qömitamiz bilan çiqib örganamiz. Nega şunça vaqtdan beri investor boğ rekonstruksiyasi böyiça faoliyatini boşlagani yöq?
Qarorda bu masala ham aksini topyapti. Biz bu masalani örganib, albatta şahar sessiyasida muhokama qilamiz.
Bundan keyin şahar hokimligining obektlarni investorlarga berilişi böyiça öylab iş qilişini nazoratimizga olamiz», – dedi senator.
















