U o‘zining ukasi Bayta va jiyani Tamandua haqida gapiryapti. Rita bilan qo‘shib hisoblaganda ular Piripkura qabilasining so‘nggi uch nafar a’zosidir. Ekspertlarning aytishicha, bu qabila o‘rmonlar kesib yuborilishi va chorvachilik tufayli yo‘qolib ketishi mumkin.

 Bayta (chap tarafda) va Tamandua kunlarni Amazon o‘rmonlari bo‘ylab kezib, izolyatsiyada o‘tkazadi

Rita doimiy ravishda atrof olam bilan aloqada bo‘ladi. Bayta va Tamandua esa kunlarni Amazonka bo‘ylab kezib, izolyatsiyada o‘tkazadi. Biroq hatto bu yerda ham ular xavf ostida, deya hisoblaydi Rita.

G‘alaba qozonib bo‘lmaydigan jang

Piripkura qabilasi manzili Braziliya qishloq xo‘jaligi markazlaridan birida, Matu-Grosu shtatida joylashgan. Qabila yashaydigan joy qonun bilan himoyalangan bo‘lishiga qaramay, “qora yog‘och ishlab chiqaruvchilar” va fermerlar ularning hududini egallab olmoqda.

Piripkura qabilasi mana bir necha o‘n yildirki, o‘z yerida yashash huquqi uchun kurash olib bormoqda. Biroq so‘nggi vaqtlarda ularning manzili tez sur’atlarda yo‘q qilinmoqda: nodavlat tashkilotlardan biri noyabr oyi hisobotida daraxtlarni noqonuniy kesish bo‘yicha suratli dalillar bilan 2020 yilning avgustidan 2021 yilning iyuliga qadar bu hududda 24 kvadrat kilometr o‘rmon kesib tashlanganini ta’kidladi.

Bu maydon uch mingta futbol maydoniga teng. Aborigenlarning boshqa qabilalari ham konlar, rancholardan foydalanish va Amazoniya o‘rmonlari kesib yuborilishiga qarshi kurashmoqda. Biroq bugungi kunda Piripkura qabilasi ayniqsa og‘ir holatda.

Rita Piripkura o‘z qarindoshlarini yo‘qotishdan qo‘rqmoqda Foto: SURVIVAL INTERN

“Ular bir necha kun ichida halok bo‘lishi mumkin”, — deydi aborigenlar huquqlari uchun kurashadigan Survival International London nodavlat tashkilot xodimi Sara Shenker. “Bayta va Tamanduaga tobora yaqin kelishmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u. Tashqi kuchlar rezervatsiyaning tezda egallab olishi borasida isbotlar bor, deydi Matu-Grosu shtatida ishlaydigan Braziliya davlat qabilalarga yordam berish agentligi sobiq koordinatori Leonardo Lenin.