Jahon | 16:15 / 14.02.2025
7230
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada mahalliy qabila vakili olov so‘rab odamlar oldiga chiqdi

Odamlar erkakka olov yondirgichdan qanday foydalanishni ko‘rsatgan, biroq u buni qanday ishlatishni baribir tushunmagan.

Amazonkada yakkalanib yashaydigan qabilaga mansub erkak olov izlab yaqin atrofdagi qishloq aholisi oldiga keldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Aborigen odam mahalliy aholi bilan aloqa o‘rnatishga uringan. Qishloqliklar aytishicha, erkak soniga mato bog‘langan va yalangoyoq holda, qo‘llarida ikkita tayoqni silkitib chiqib kelgan. U osoyishta va do‘stona ko‘ringan, odamlarga nimanidir tushuntirmoqchi bo‘lgan.

Qishloq aholisi aborigen olov so‘rayapti, deb o‘ylashgan. Ular erkakka olov yondirgichdan qanday foydalanishni ko‘rsatishgan, biroq erkak uni qanday ishlatishni baribir tushunmagan. Fuqarolar voqea haqida Funai mahalliy xalqlar idorasiga xabar berdi va idora vakili kelgunicha mehmonni baliq bilan siyladi.

Braziliyada dunyo miqyosida eng ko‘p yakkalangan qabilalar yashaydi, shunga qaramay mamlakat hukumati aborigenlar bilan muloqot o‘rnatishga intilmaydi. Hukumat tomonidan bunday qabilalar uchun himoyalangan va nazorat qilinadigan hududlar tashkil etilmoqda.

Avvalroq Braziliyada masako hindularining qabilasi tadqiqotchilar tasviriga tushib qolgandi. Amazon o‘rmonlarida yashovchi ushbu qabila haqida oldinlari gap-so‘zlar yurgan bo‘lsa-da, ularning mavjudligini isbotlovchi bevosita dalillar shu paytgacha bo‘lmagan edi.

Mavzuga oid