Şohrux Qalandarov «Xonqa çorva kapital» korxonasiga rahbarlik qiladi. U çorvaçilik, sutni qayta işlaş va innovatsion gidroponika usulida yaşil ozuqa yetiştiriş bilan şuğullanmoqda. Tadbirkor bilan uçraşib, faoliyatining ayrim jihatlari haqida suhbatlaşdik.


«Çorvaçilik, sutni qayta işlaş, gidroponika usulda yaşil ozuqa yetiştiriş bilan şuğullanamiz. Sutni kuniga 10 tonnagaça qayta işlaydigan zavodimiz bor. 28 turdagi mahsulotlar qayta işlanib, bozorga yetkazib berilmoqda», dedi u.

Korxonada köplab çorva mollari, eçkilar boqilmoqda. Ular innovatsion usulda yetiştiriladigan ozuqa bilan boqilyapti.
«Fermamizda Gollandiyadan keltirilgan 650 boşdan ortiq naslli qoramol va Ispaniyadan keltirilgan 450 boşdan köproq zotdor eçki bor. Ularni özimizda yetiştiriladigan yaşil ozuqa bilan boqamiz.
Özbekistonda birinçilardan bölib gidroponika usulda yaşil ozuqa yetiştirişni yölga qöyganmiz. 2,5 kg buğdoyni 5 kun içida 18 kg maysaga aylantiriş texnologiyasini Ispaniyadan olib kelganmiz. Yaşil ozuqani yetiştirişda havo harorati juda katta ahamiyatga ega bölib, har doim bir xil 19 daraja havo haroratida saqlanişi lozim».

Fermadagi sersut, zotdor eçkilar Ispaniyadan keltirilgan. Ularning suti şu yerning özida qayta işlanyapti.
«Ispaniyadan 200 boşdan ortiq Mursiana-Granadina zotli eçkilarni olib kelgan edik. 5 oyda ularning soni 450 dan oşdi. Zotdor eçkilar kuniga 3-5 litrgaça sut beradi va 2-3 tadan bolalaydi. Ularning sutini zavodda qayta işlaymiz».

Hozirgi kunda majmuada 71 nafar işçi band bölib, ularning 30 foizi yoşlarni, 10 foizi temir daftarga kiritilgan ayollarni taşkil qiladi.
















