Termiz şahrida sodir bölgan yöl-transport hodisasida velosiped boşqarib ketayotgan şaxs vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, joriy yil 17 dekabr kuni soat 11:30larda Termiz şahridagi Baynalmilal mahallasida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Amir Temur köçasi böylab harakatlanib kelayotgan velosiped haydovçisi ortdan kelayotgan maşinaga e’tibor bermasdan köçani kesib ötiş uçun qayrilgan.
Şunda u bilan bir yönalişda kelayotgan Neksiya-3 maşinasi uni urib yuborgan. Oqibatda velosiped haydovçisi oğir tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etgan.
Denovda 10-sinf öquvçisi otasining maşinasi bilan 1-guruh nogironini urib yubordi. Fuqaro vafot etdi












