Dastlab viloyat rahbari muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlarga to‘xtaldi. 

«2021 yil yakuni bilan viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi 30 trillion so‘m bo‘lishi (reja 121,9 foizga bajarilishi), aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot 15,7 million so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda.  

Viloyat budjeti daromadi 1,44 trillion so‘m bo‘lishi rejalashtirilgan edi. Uning 1,73 trillion so‘mga (120 foizga) bajarilishi, mahalliy budjetga 350 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ tushishi kutilyapti». 

Farhod Ermanov budjet mablag‘larining sarflanishida asosiy urg‘u ijtimoiy sohaga qaratilganini ma’lum qildi.

«Jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishga 18 milliard so‘m, ijtimoiy soha muassasalarida qurilish-ta’mirlash ishlariga 34 milliard so‘m, ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash uchun 7 milliard so‘m, ichki yo‘llarni ta’mirlashga 60 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. 

2021 yilgi budjet xarajatlarining 65 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun nafaqalar va moddiy yordam to‘lovlariga o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘p mablag‘ ajratildi».  

Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

2022 yilda mahalliy budjet daromadlari oshiriladi va aholi yashash sharoitlarini tubdan yaxshilashga yo‘naltiriladi.  

«2022 yil yakuni bilan aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulot miqdori 16,6 million so‘mga, mahalliy budjet daromadlari 2,2 trillion so‘mga yetkaziladi. Daromadlar rejasini 505 milliard so‘m ortiqcha bajarish choralari ko‘riladi. Ushbu mablag‘lar mahallalarda aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilashga yo‘naltiriladi» 

Viloyat rahbari Xorazmni kelgusi 5 yillikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgani, 6 ta yo‘nalishda shahar va tumanlarni rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tayyorlanganini ma’lum qildi.  

Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

«2022 yilda ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan «yo‘l xaritasi»ga asosan rejalar quyidagicha: