San-Diyegodagi Kaliforniya universitetining xalqaro aloqalar kafedrasi professori va Markaziy razvedka boşqarmasining maxsus işçi guruhi a’zosi Barbara Uolter AQŞ fuqarolik uruşi yoqasiga kelib qolganini aytdi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Ekspertning ta’kidlaşiça, u oxirgi 30 yil içida dunyoda yuz bergan fuqarolik uruşlarini örganib çiqqan va 4 yildan beri bu jihatdan AQŞni örganmoqda. Professorning aytişiça, AQŞda ayni vaqtda fuqarolik uruşi yaqinlaşayotganidan darak beruvçi ikkita kuçli omil kuzatilmoqda.

Bunday alomatlardan biri anokratiya, ya’ni demokratik institutlarning zaiflaşişi va ularning avtoritar elitaga böysunişidir. Fuqarolik uruşining ikkinçi alomati içki siyosiy, irqiy yoki madaniy qarama-qarşilikdan jamiyatga nifoq solişda foydalanuvçi guruhlar paydo bölgani hisoblanadi.

Avvalroq amerikalik generallar 2024 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin AQŞda fuqarolik uruşi yuz berişi mumkinligini aytişgan. Ularning fikriça, AQŞ qurolli kuçlariga “turli qaraşlar va kelib çiqişga ega şaxslarning qabul qilinişi” va armiya içida jamiyatdagi ixtilofni aks ettiruvçi isyon yuz berişi ehtimoldan xoli emas.

AQŞda oxirgi yillarda irqiy, siyosiy va hokazo turdagi qarama-qarşiliklar tobora kuçayib bormoqda.