Namangan viloyati hokimligi xabariga köra, sessiyada viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqov iştirok etdi va tumanning sobiq hokimi Bahodir Yusupov Özbekiston prezidentining Namangan viloyatidagi xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tuman hokimligiga yangi rahbar nomzodini ilgari surdi.
Sessiyada tumanning yangi hokimini tayinlaş bilan boğliq taşkiliy masala körildi.
Viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqov tomonidan taqdim etilgan Dilmurod Qodirov nomzodi Kosonsoy tuman deputatlari tomonidan qöllab-quvvatlandi.

Bugungi kunga qadar Norin tumani hokimi lavozimida işlab kelgan Dilmurod Qodirov tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça tegişli vazirliklar bilan hamkorlikda işlab çiqilgan dasturini tuman kengaşida taqdimot qildi.
Xalq deputatlari tuman kengaşi tomonidan Dilmurod Qodirov tuman hokimi etib tasdiqlandi, deyiladi xabarda.

Dilmurod Qodirov 1972 yil 26 aprel kuni Namangan şahrida tuğilgan. Ma’lumoti oliy, 1993 yili Andijon qişloq xöjaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi olim-agronom.
U 2017 yil 17 maydan buyon Norin tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
2021 yil avgust oyida Prezident farmoni bilan «Sodiq xizmatlari uçun» medali bilan taqdirlangan.
Avvalroq, Kosonsoy tumani hokimi Bahodir Yusupov prezidentning Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlangani ma’lum bölgandi.

















