Xalq deputatlari Norin tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi va unda taşkiliy masala körildi.
«Kun.uz» manbasining ma'lumot berişiça, viloyat hokimi iştirokidagi yiğilişda tumanga yangi hokim tayinlangan. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yiğilganlarga şu vaqtgaça öziga qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosar sifatida faoliyat körsatib kelgan Dilmurod Qodirovni tumanning yangi hokimi sifatida taniştirgan.
Vodiyda işçi guruh tekşiruvi. Tumanlar rahbarlari işdan olinmoqda
Tumanni 2012 yildan beri boşqarib kelgan A'zamjon Maxmudoviç Sultonov hafta boşida Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vaziri Zoyir Toiroviç Mirzayev rahbarligidagi işçi guruh Farğona vodiysiga safari davomida lavozimidan ozod etilgandi. U bilan birgalikda tuman prokurori, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari hamda tuman Içki işlar boşqarmasi boşliği işdan ketgan.

















