Xalq deputatlari Qoraköl tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Sessiya kun tartibidagi masala böyiça viloyat hokimi Botir Zaripov sözga çiqib, sönggi yillarda davlat rahbari taşabbusi bilan Qoraköl tumanida misli körilmagan darajada özgariş va yangilanişlar röy berganini aytib ötdi.

Şu bilan birga, Qoraköl tumanida amalga oşirilayotgan işlarning kölamini yanada kengaytiriş, sanoat, xizmat körsatiş va servis sohalarini jadal rivojlantiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş orqali yangi iş örinlarini yaratiş va aholi uçun munosib turmuş şaroitini yaratiş borasidagi işlarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmayotgani qayd etildi.

Şundan söng Şerali Salomovni Qoraköl tumani hokimi lavozimidan ozod etiş töğrisidagi viloyat hokimining qarorini deputatlarga öqib eşittirdi. Uşbu masala ovozga qöyilib, deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Sessiyada Xurşid Yahyoyeviç Tohirov nomzodini Qoraköl tumani hokimi etib tayinlaş töğrisidagi viloyat hokimi qarori qabul qilingani deputatlarga ma’lum qilindi. Şundan söng kun tartibidagi masala yuzasidan muzokoralarga ötilib, tuman Kengaşi deputatlari va tuman faollari öz fikr-mulohazalarini bildirişdi.

Muzokaralardan söng Xurşid Tohirovni Qoraköl tumani hokimi lavozimiga tayinlaş töğrisidagi qarori ovozga qöyilib, deputatlar tomonidan töliq ma’qullandi.

Xurşid Yahyoyeviç Tohirov 1976 yilda Romitan tumanida tuğilgan. 2001 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini, 2007 yilda Toşkent Moliya institutini bitirgan. Mutaxassisligi — transport vositalaridan foydalaniş va moliya.

U mehnat faoliyatini 1995 yilda Romitan tumani moliya bölimi hisobçisi sifatida boşlab, 2001-2005 yillarda Romitan tumani moliya bölimi boş hisobçisi, 2005-2017 yillarda Romitan tumani moliya bölimi mudiri va moliya bölimi mudiri örinbosari, 2017-2019 yillarda Romitan tumani hokimining birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan, 2019 yil martidan buyon Romitan tumaniga hokimlik qilib kelayotgandi.