Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmatiga köra, xalq deputatlari Romitan tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Unda viloyat hokimi Botir Zaripov tomonidan tuman hokimi Xurşid Tohirovni lavozimidan ozod qiliş haqidagi qaror öqib eşittirilgan.

Kun.uz manbasiga köra, Xurşid Tohirov Qoraköl tumani hokimi lavozimiga tayinlanişi kutilyapti.
Tohirov 2019 yil martidan buyon Romitanga hokimlik qilib kelayotgandi.
Romitan tumani hokimi lavozimiga Umidjon Barnoyev tayinlandi. U 2016-2020 yillarda Buxoro viloyatiga hokimlik qilgan, 2020 yil fevralida boş vazir örinbosari lavozimiga tayinlanib, 2020 yil sentabr oyida vafot etgan Öktam Barnoyevning ukasi hisoblanadi.

Umidjon Barnoyev — 1970 yil 12 iyulda Romitan tumanida tuğilgan. Ma’lumoti - oliy. 1996 yilda Buxoro Oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi (hozirgi Buxoro muhandislik-texnologiya) institutini hamda 2000 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi — muhandis-mexanik, huquqşunos. U 2020 yil noyabridan buyon Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi.

Mehnat faoliyatini 1998 yilda Buxoro viloyati Adliya boşqarmasida sud ijroçisi sifatida boşlagan. Faoliyati davomida Toşkent şahar prokuraturasi huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamenti xodimi (2004−2013), «Özpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati yuridik boşqarmasi huquqşunos maslahatçisi (2018) sifatida işlagan.
2018−2020 yillarda esa «Safari Vogue» innovatsion turizm klasteri direktor örinbosari, 2020 yildan mazkur MÇJning boş direktori lavozimida işlagan.

















