Qayd etilişiça, Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda 2021 yil may-iyun oylarida qarindoşlar örtasida nikoh tuziş holatlari va uning sabablarini örganiş maqsadida respublikaning 200 ta tumanida 6 974 ta fuqarolar yiğini raislari örtasida sotsiologik sörov ötkazildi.
Sotsiologik sörovnomada qarindoşlar örtasida tuzilgan nikohlardagi oilalarning hayoti qanday keçayotganini aniqlaşga qaratilgan savollarga respondentlarning 25,2 foizida ziddiyat va nizolar uçrab turganini, 24,9 foiz oilalarda nogiron farzandlar borligi, 8,9 foiz qarindoşlik asosida qurilgan oilalarda muammolar mavjudligi va doimiy quda-andaçilikdagi kelişmovçiliklar bölayotgani bildirilgan.
Qarindoşlar örtasida tuziladigan nikohning 58,1 foizi bobo-buvilar, 56,4 foizi ota-onalar, 14,3 foizi toğa-xola va amaki-ammalar, 13,2 foizi opa-singillar, 1,2 foizi aka-ukalar va 8,3 foizi boşqa şaxslar taşabbusi bilan tuzilişi respondentlar tomonidan aniqlangan.

















