Ma’lum bo‘lishicha, 19 dekabr kuni soat 4:50 da Qo‘qon shahar “Vaqf Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini Barhayot ko‘chasi 20-uyda gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan.

Chaqnash oqibatida mazkur xonadonda istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaro turli darajada kuyish tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali Qo‘qon shahar subfilialiga yotqizilgan.

Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatning sababini o‘rganish yuzasidan komissiya tuzilgan.